22.07.2026
Bugun shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o’rinbosari L. Abdurahimov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasi Akademik M. Mirrahimov nomidagi Milliy kardiologiya va terapiya markazida bo‘ldi.
▫️Tashrif davomida tibbiy turizmni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish, shifokorlar malakasini oshirish, qo‘shma master-klasslar va telemeditsina konsiliumlari bo’yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yurak-qon tomir hamda endokrin kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha tajriba almashish masalalarini kelishib oldilar.
Shuningdek, tibbiy turizmni rivojlantirish, bemorlar uchun yuqori texnologik tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan ham o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.




Back to the list