22.07.2026
Markazimiz delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy ko‘p tarmoqli gospitalga tashrif buyurdi.
Samimiy va qizg’in o’tgan uchrashuv davomida endokrinologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash, qandli diabetni boshqarish, yuqori texnologiyali diagnostika usullarini amaliyotga keng joriy etish, klinik protokollarni takomillashtirish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, tajriba almashish, telemeditsina va raqamli yechimlardan samarali foydalanish hamda endokrinologiya sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari gospitalning endokrinologiya bo‘limi, zamonaviy diagnostika va laboratoriya xizmatlari faoliyati bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish, innovatsion yondashuvlarni o‘zaro joriy etish va endokrinologiya sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.







Back to the list