Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
23.07.2026
O’zbekiston-Qig’iziston: hamkorlik yangi bosqichda 

▫️Xabaringiz bor ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Qirg’iziston Respublikasida bo’lib turibdi. 

Bugun markazning Raqamlashtirish, sun’iy intellekt va umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bakitbek Kadyraliyev bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endokrinologiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Video: 

Back to the list