Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
23.07.2026
O‘zbekiston–Qirg‘iziston: endokrin jarrohlik sohasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Akademik Mambet Mamakeev nomidagi Milliy jarrohlik markaziga tashrif buyurdi.

Lutfiyor Abdurahimov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, endokrin jarrohlik sohasida tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Tashrif davomida delegatsiya yadro tibbiyoti yo‘nalishidagi zamonaviy amaliyotlar bilan ham yaqindan tanishdi. 

Xususan, Lutetsiy-177, Samariy-153 va radioaktiv yod-131 asosidagi radiofarmatsevtik preparatlardan foydalanish tajribasi, ilg‘or diagnostika va davolash texnologiyalari, shuningdek, endokrin kasalliklarni davolashning innovatsion yondashuvlari o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, shifokorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

photo_2026-07-22_17-50-31.jpgphoto_2026-07-22_17-50-35.jpgphoto_2026-07-22_17-50-36.jpgphoto_2026-07-22_17-50-34.jpgphoto_2026-07-22_17-50-32.jpg

Back to the list