23.07.2026
Prolaktinoma nima? Kabergolinni har kim ham ichishi kerakmi?
Ko‘pchilik prolaktin biroz yuqori chiqishi bilan kabergolin qabul qilishni boshlaydi. Ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas!
Prolaktinoma — gipofiz bezining prolaktin gormonini ortiqcha ishlab chiqaruvchi yaxshi sifatli o‘smasi.
U quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
Hayz siklining buzilishi
Bepushtlik
Ko‘krakdan sutsimon ajralma kelishi
Libido pasayishi
Kabergolin prolaktinomani davolashda samarali dori hisoblanadi. Lekin uni faqat prolaktin yuqori chiqqani uchun qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Kabergolinni boshlashdan oldin:
• Prolaktin qayta tekshirilishi;
• Makroprolaktin istisno qilinishi;
• Qalqonsimon bez faoliyati baholanishi;
• Qabul qilinayotgan dori vositalari hisobga olinishi;
• Zarurat bo‘lsa gipofiz MRT tekshiruvi o‘tkazilishi kerak.
Muhim! Har bir prolaktin oshishi prolaktinoma degani emas. Noto‘g‘ri tashxis va asossiz davolanishning oldini olish uchun endokrinolog ko‘rigidan o‘tish zarur.
To‘g‘ri tashxis — samarali davolashning eng muhim bosqichi.
Video: