28.07.2026
23-25 iyun kunlari Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali mutaxassislaridan iborat delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy Endokrinologiya markazida bo‘lib, bemorlar uchun tibbiy ko‘riklar o‘tkazdi.Shuningdek, ko‘rik davomida ayrim bemorlarning kasalliklarini to‘liq tashxislash va yuqori texnologik davolash imkoniyatlari cheklangani inobatga olinib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolanish tavsiya etildi.