Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
29.07.2026
Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 3-iyuldagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda 15-iyuldagi vazir tashrifi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar sifati va mavjud muammolarni o‘rganishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

▫️Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A. Alimov hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Zayniyev tomonidan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar rejasi” doirasida Markaz direktori o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov va Markaz mutaxassisi Akmaljon Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Toyloq tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda uning tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib bordi.

Tashrif davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, bemorlar uchun samarali “Yo‘l xaritasi”ni joriy etish, 103 xizmati, poliklinikalar va shifoxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, bemorlar reyestrini shakllantirish hamda skrining tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini baholash, elektron monitoring va davomat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur amaliy o‘rganishlar hududlarda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga zamonaviy va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.

photo_2026-07-28_15-11-02.jpgphoto_2026-07-28_15-11-03 (2).jpgphoto_2026-07-28_15-11-06.jpgphoto_2026-07-28_15-11-03.jpgphoto_2026-07-28_15-11-01.jpgphoto_2026-07-28_15-11-05.jpg

Back to the list