Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
29.07.2026
Keyingi manzil — Samarqand tumani

 Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Lutfiyor Abdurahimov hamda Markaz mutaxassisi Akmaljon Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi va uning tasarrufidagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish sifati, surunkali kasalliklarni erta aniqlash va nazoratga olish, skrining tadbirlarini samarali yo‘lga qo‘yish, bemorlar reyestrini shakllantirish, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati, oilaviy poliklinikalar hamda shifoxonalar o‘rtasidagi hamkorlik holati atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, elektron tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlar faoliyatini monitoring qilish hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Video: 

Back to the list