Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
29.07.2026
Endokrinologik osteopatiya bo‘limi – endokrin tizim kasalliklari bilan bog‘liq suyak, bo‘g‘im va mushak tuzilmalaridagi morfo-funksional o‘zgarishlarni o‘rganuvchi yo‘nalish hisoblanadi. Endokrin bezlar faoliyatining buzilishi (qandli diabet, qalqonsimon bez patologiyasi, gipogonadizm, Kushing sindromi va boshqalar) suyak massasi hamda mineral almashinuviga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada ikkilamchi osteoporoz rivojlanib, og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli endokrinologiya tizimida maxsus Endokrin osteopatiya bo‘limi tashkil etildi.

Asosiy vazifalar

1. Endokrin kasalliklar fonida yuzaga keladigan suyak buzilishlarini o‘rganish va klassifikatsiya qilish, osteoporoz bo‘yicha ixtisoslashgan yo‘nalishni joriy etish.
2. Diagnostik algoritmlarni yaratish (densitometriya, FRAX usuli, biomarkerlar, gormonal tahlillar, bioimpedans tekshiruvi), aholi orasida xavf guruhlarini aniqlash va skrining dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
3. Endokrin osteopatiyani klinik amaliyotga integratsiya qilish.
4. Davolash va reabilitatsiya standartlarini ishlab chiqish hamda davolash protokollarini xalqaro tavsiyalar asosida yangilash.
5. Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ma’lumotlar bazasini yaratish.
6. Mutaxassis kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
7. Viloyatlarda Osteoporoz maktablarini tashkil etish hamda hududlarda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

Bo‘limning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

Diagnostika yo‘nalishi

* Endokrin kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda suyak mineral zichligini baholash.
* Laborator tekshiruvlar orqali suyak almashinuvi markerlarini aniqlash.
* Qalqonsimon bez gormonlari, jinsiy gormonlar, D vitamini, kalsiy va paratgormon darajalarini muntazam monitoring qilish.

Video: 

Back to the list