31.07.2026
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yilda qabul qilingan 102 - sonli "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida "gi qaror ijrosi yuzasidan 30.07.2026 yilda Arnasoy tuman TB da RIEIATM JF direktori D.A.Adilova va endokrinolog Mustafakulova N bilan birgalikda endokrin xizmat holati o'rganildi.Patranaj hamshiralar tomonidan Endoskrining qanday o'tkazilayotganligi, amaliyotchi hamshiralar tomonidan havf guruhlarini sog'lomlashtirish maqsadida oilaviy shifokorlarga yo'naltirilishi va bemorlarni "D" nazoratga olinishigacha bo'lgan jarayon o'rganildi.Oilaviy shifokorlar tomonidan MKB 10 bo'yicha tashxislar qo'yilishi, RIEIATM tomonidan tayyorlangan qo'llanmalar bor yoki yo'qligi, insulin saqlash sharoitlari ham o'rganildi.Shu kuni murojaat qilgan 15 nafar aholi ham tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va zarur tavsiyalar berildi.