Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
03.08.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endokrinologiya sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda! Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Milliy Endokrinologiya markazining 15 nafar mutaxassisi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, markazning zamonaviy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
 Shifokorlarga Neyroendokrinologiya, Endokrin jarrohlik hamda Radionuklear tibbiyot bo‘limlarining imkoniyatlari, diagnostika va davolashda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar taqdim etildi.
 Tashrif yakunida endokrinologiya yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va zamonaviy davolash usullarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
 Ko‘rik davomida murakkab tashxis va yuqori texnologik davolashga muhtoj ayrim bemorlarga Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolanish tavsiya etildi.
 Mazkur tashrif O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Video: 

Back to the list