Akademik Yo. X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xalqaro aloqalar va tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Viloyatlararo koʻp tarmoqli shifoxonasi endokrinolog shifokorlari bilan navbatdagi onlayn tibbiy konsultatsiya oʻtkazildi.
Konsultatsiyada Markazning Neyroendokrinologiya bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori К. О. Amanullayeva hamda Xalqaro aloqalar va tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘limi mas’ul shifokori S. S. Xolmuminov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida AKTG ga bog’liq Kushing sindromi bilan og‘rigan bemorning tahlil natijalari va klinik holati muhokama qilinib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bemorga to‘liq diagnostika va zamonaviy davolanishni o‘tash maqsadida Endokrinologiya markaziga tashrif buyurish tavsiya etildi.
Bunday xalqaro onlayn konsultatsiyalar tibbiy hamkorlikni mustahkamlash, malakali tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish, Markazning xalqaro nufuzini oshirish hamda Oʻzbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Video: