Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
04.08.2026
Xorazmda zamonaviy endokrinologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi

▫️Xorazm tibbiyot instituti qoshidagi katta majlislar zalida akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor A. Alimov, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Kupalboy Tangriberdiyev hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Kurazovlar ishtirokida yig‘ilish va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda markaz bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori G.Narimova, filiallar ishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, S.Faxrutdinova, RIEIATM Xorazm filiali bosh shifokori G.K. G‘oibov, shuningdek, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi hududiy tibbiy birlashmalar rahbarlari va xodimlari, endokrinologlar hamda oilaviy shifokorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, endokrinologiya sohasining dolzarb masalalari muhokama qilinib, mutaxassislar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarning amaliy qismida esa mutaxassislar keyingi yillarda mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan endokrinologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, diagnostika va davolashning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

photo_2026-08-03_17-53-00.jpgphoto_2026-08-03_17-55-47.jpgphoto_2026-08-03_17-55-44.jpgphoto_2026-08-03_17-55-42.jpgphoto_2026-08-03_17-55-45.jpg

Back to the list