Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
07.08.2026
Sifatli tibbiy xizmat yo‘lidagi navbatdagi qadam

Tibbiyotda erishilayotgan natijalar, eng avvalo, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati bilan baholanadi. Shu maqsadda ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari L. Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh Jomboy tumanida bo‘lib, tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

 Tashrif davomida oilaviy poliklinikalar va mahalla tibbiyot punktlarida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish darajasi, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish hamda muassasalarning moddiy-texnik imkoniyatlari tahlil qilinmoqda.

 Shuningdek, shifokor va hamshiralarning kasbiy malakasini oshirish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda.

Ishchi guruh tomonidan faqat mavjud holatni baholash bilan cheklanib qolinmayapti. Joylardagi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ularni keng joriy etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilmoqda.

Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir inson uchun sifatli, zamonaviy va qulay tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirishdan iborat.

photo_2026-08-05_23-32-24.jpgphoto_2026-08-05_23-32-24 (2).jpgphoto_2026-08-05_23-32-25 (2).jpgphoto_2026-08-05_23-32-25 (3).jpgphoto_2026-08-05_23-32-25 (4).jpgphoto_2026-08-05_23-32-25.jpg

Back to the list