Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
21.08.2026
SSV: Respublika endokrinologiya markazi ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi «Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi» xalqaro standarti talablarini kompleks joriy etish bo‘yicha mustaqil xalqaro auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

 Shu munosabat bilan mazkur tibbiyot muassasasiga ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini topshirishga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

 Tadbirda vazirlik mas’ullari, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, markaz rahbariyati hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

 Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda markazda tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.

 Shu bilan birga, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, xizmatlar jarayonida inson omilini kamaytirish va xodimlarning halollik tamoyillariga rioya etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

 Mazkur sa’y-harakatlar natijasida mustaqil xalqaro sertifikatlash organi o‘tkazgan audit yakunlariga ko‘ra, muassasa ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi.

 Ushbu sertifikat Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari J. Asаmutdinov va Koreya Respublikasining “G-CERTI. CO” kompaniyasi vakillari tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Bu – yurtimizda endokrinologiya sohasida bemorlar huquqlarini himoya qilish, tizimda shaffof va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar e’tirofi bo‘ldi.

 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan bu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

SSV Matbuot xizmati.


Video: 

Back to the list