O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri vrachi kuratori Allayarova U.N Peshku tuman KTMP da 08.09.2026 yilda birlamchi tibbiy bo’g’in hamshiralariga "Qandli diabet,semizlik va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish, aholining sog‘lom turmush tarzi, to’g’ri ovqatlanish madaniyatini oshirish" mavzusida seminar olib borildi. PQ-102 asosida 40 yoshdan oshgan aholi orasida olib borilayotgan skrining va unda erta asoratsiz aniqlanayotgan kasalliklar to’g’risida gapirib, skrining tekshiruvini yanada mukammalashtirish to’g’risida tushunchalar berib òtdi.