05.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib, xalqlarimiz azaldan bir oila bo‘lib kelgan. Oxirgi kunlarning qayg'uli voqealariga yo'l qo'yib bo'lmaydi va oilamizga nifoq va tartibsizlik keltirganlar Yaratganni uzi tomonidan jazolanadi! Respublika Ixtisoslashgan Endocrinologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi Respublikamizning ko'plab tibbiyot muassasalari bilan yaqin aloqada. Bu yil akadimik Y.X. To'raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan Endocrinologiya Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazi Qoraqalpog‘iston Respublikanskasi tibbiyot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi, Markaz professor-o‘qituvchilar bir necha bor talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar va shifokorlar uchun ma’ruzalar o‘qidilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi endokrinologiya dispanseri shifokorlari bilan birgalikda yod tanqisligi, orfan kasalliklar, semirish kabi kasalliklarni aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvi o‘tkazilib, farzandlarimizning jismoniy va jinsiy rivojlanishiga baho berildi. Biz bir xalqmiz, bir Vatan farzandlarimiz hamisha buyuk ajdodlarimiz singari birga bo‘lishimiz, barcha muammolarni birga yechishimiz kerak! Hammasi inson qadri uchun!